O‘zbekiston | 15:41 / 13.12.2016
10383
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda bortida Oksana Chusovitina bo‘lgan samolyot portlash xavfi tufayli favqulodda qo‘ndi

O‘zbekiston gimnastikachi Oksana Chusovitina Nyu-York aeroportida favqulodda qo‘ngan samolyot yo‘lovchilari orasida bo‘lgan. Bu haqda yetti Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi TASS’ga xabar bergan.

"Parvoz davomida bizga bomba haqida xabar kelib tushdi, - dedi sportchi. – Biz Nyu-Yorkdan uchib bo‘lgandik va birdaniga ortga qayrilib, deyarli 10 daqiqa ichida qaytib qo‘ndik. Biz samolyotni tekshirishgandan so‘ng, yana uchib ketamiz, deb o‘ylagandik. Ammo hammani xavfsiz joyga olib o‘tib, reysni bekor qilishdi".

"Faqatgina ertaga ertalab parvoz qilishimiz mumkin ekan", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Chusovitina.

Avvalroq, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti Nyu-Yorkdagi xalqaro aeroportga favqulodda qo‘ngani haqida xabar bergandik. Xyustondan Frankfurtga yo‘l olgan reys “telefon orqali portlash haqida po‘pisa qilingach” favqulodda qo‘ngan.
 

Mavzuga oid