Jamiyat | 12:31 / 14.12.2016
4964
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York hokimi 13 dekabrni Pan Gi Mun kuni deb e'lon qildi

Nyu-York hokimi Bill de Blazio 13 dekabrni BMT bosh kotibi Pan Gi Mun kuni deb e'lon qildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati o‘z rahbarining shahar meri bilan seshanba kungi uchrashuvidan so‘ng xabar bergan.

"Bosh kotib hokimga 13 dekabr BMT bosh kotibi Pan Gi Mun kuni deb e'lon qilingani munosabati bilan minnatdorchilik bildirdi. Uning ta'kidlashicha, bu katta sharafdir", - deyiladi xabarda. Ikki yarim haftadan so‘ng o‘z lavozimini tark etadigan Pan Gi Mun Nyu-York hukumati va aholisiga tashkilot qarorgohi va uning xodimlarini joylashtirganlikda ko‘rsatgan mehmondo‘stligi uchun ham minnatdorchilik izhor etdi.

Nyu-York hokimiyati o‘tgan hafta shaharda BMT qarorgohini joylashtirish 8 ming yangi ish o‘rnini yaratishga yordam bergani hamda megapolis g‘aznasiga 3,7 milliard dollar daromad olib kelgani haqidagi hisobotni taqdim etdi.

Ma'lumot uchun, Pan Gi Mun BMTga 2007 yildan beri boshchilik qilmoqda (besh yillik ikki muddat). Oktyabrda esa Bosh assambleya Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni keyingi bosh kotib etib tayinladi. U dushanba kuni qasamyod qabul qildi hamda 1 yanvardan o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.
 

Mavzuga oid