Fan-texnika | 09:48 / 14.12.2016
16046
2 daqiqa o‘qiladi

Oyoqlarni isituvchi aqlli pataklar ishlab chiqildi

Qish oylarida kasallanmaslik uchun birinchi navbatda issiq kiyinish talab etiladi – sviter, bo‘yinbog‘, kurtka, bosh kiyimi, issiq shimlar va qishki oyoq kiyimi. Bularning barchasini biz yaxshi bilamiz. Ammo zamonaviy gadjyetlarga bir nazar tashlab ko‘rsakchi? Masalan, aqlli pataklar + Shveytsariya startapidan Winter. 

Mahsulot oyoqlarni issiq holda ushlab turishga yordam beradi, harorat esa Android va iOS’da ishlovchi smartfonlarga mo‘ljallangan ilova orqali boshqariladi. Pataklar juda ham yupqa bo‘lib – atigi 2 millimetrni tashkil qiladi. Shu sababdan ularni nafaqat har kungi oyoq kiyim bilan, balki chang‘i botinkalari, muzli konkilar, velosiped oyoq kiyimi, rezina etiklar, snoubord botinkalari bilan birga kiyish ham mumkin.

Belgilangan haroratdan (maksimal – 45 darajaga teng) kelib chiqib o‘rnatilgan akkumulyator bir quvvatda 5 soat ishlashi mumkin. Eng muhimi +Winter faqatgina harakat qilganda oyoqlarni isitadi, bunga maxsus joylashtirilgan akselerometrlar xizmat qiladi. Kishi bir joyda turganda pataklar quvvatni tejash maqsadida ishlashdan to‘xtaydi.

Akkumulyator quvvati darajasini bilish, haroratni o‘zgartirish mobil dasturiy ta'minot orqali amalga oshirilishi mumkin. ma'lumotlar almashinuvi Bluetooth 4.0 orqali ishlaydi. Quvvatlantirish uchun esa simsiz zaryad qurilmadan foydalaniladi. 99 shveysariya franki evaziga taklif etilayotgan majmuada faqatgina bir quvvat qurilmasi bor. Kengaytirilgan nusxa esa o‘z ichiga ikkita shunday uskunani olgan bo‘lib, 119 shveysariya frankiga tushadi.

 

Gadjyet Yevropada sotuvga chiqib bo‘ldi. Pataklar Italiya shimolidagi korxonada ishlab chiqarilmoqda.

 

Mavzuga oid