Jamiyat | 19:02 / 15.12.2016
7178
3 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik yo‘l harakatini tartibga soluvchi ayolga maktab o‘quvchilari bilan so‘rashish taqiqlab qo‘yildi

Sheyla Allen

Uelsdagi Veyl-of-Glamorgan shahar-grafligi kengashi Sheyla Allen ismli, maktab o‘quvchilariga maktab yonidagi yo‘ldan o‘tishda yordam beruvchi, yo‘l harakatini tartibga soluvchi ayol – Lollipop lady’dan o‘z ishidan chalg‘imasligi va transport harakatini ushlamaslik uchun o‘quvchilar bilan qo‘l berib so‘rashmaslikni iltimos qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilarga "besh tashlash"ga taqiqlov hafta boshida bildirilgan. Kengashda ayol nomiga ikkita shikoyat olingani va yo‘l harakatini tartibga soluvchilar rioya qilishlari kerak bo‘lgan qoidalar borligi aytildi. Aks holda bolalar ham, tartibga soluvchilar ham yo‘l harakatiga xalaqit qiladilar. Sheyla 2006 yilda kengashdan "Yil ishchisi" mukofotini ham olgan.

Qoidalarga ko‘ra, yo‘l harakatini tartibga soluvchi patrullar istalgan yot omillar hamda ularning o‘z ishlari – piyodalar tomonidan yo‘lning xavfsiz kesib o‘tilishini nazorat qilishdan chalg‘itadigan harakatlardan qochishlari kerak. Shuningdek, patrullar yo‘lda zarur bo‘lgandan ko‘proq vaqt qolishlari kerak emas, chunki bu transportning ushlanishiga olib keladi.

Metro nashri ma'lumotlariga ko‘ra, ayol kengash iltimosiga quloq solib, bolalar bilan so‘rashishni to‘xtatgan. 14 dekabrdan boshlab, u eski odati bo‘yicha o‘quvchilar bilan yana so‘rashib yubormaslik uchun o‘z vazifasini qo‘llarini orqaga qilgancha ado eta boshladi. 

Biroq o‘quvchilarning ota-onalari kengashning bu iltimosidan hayratlanishgan. Bolalardan birining buvisi Sheyla hamisha o‘zini "beozor" tutishini va kengashga bu taqiqlovni bekor qilish bilan murojaat qilishini aytgan.

Ba'zi ota-onalar Sheylaning bolalar bilan so‘rashish-so‘rashmasligi kerakligini ota-onalar hal qilishlari kerakligi, endi ular farzandlariga Sheyla ular bilan nima uchun so‘rashmayotganini tushuntirish befoydaligini aytishgan.

Britaniyada bunday taqiqlov birinchi marta kiritilmayapti. 2015 yilda Shotlandiyaning Danbartonshir shahri kengashi xuddi shunday iltimos bilan 74 yoshli Nkosana Mdikanega murojaat qilgandi. Mdikane mamlakatda "eng baxtiyor yo‘l harakatini tartibga soluvchi" degan nom ham olgan. Ushbu taqiqlovdan keyin bolalarning ota-onalari feysbukda hattoki "Besh tashlash"ni saqlab qolamiz" deb nomlangan aksiya o‘tkazishgan va bu aksiyaga 3 mingdan ko‘proq odam qo‘shilgan.

 

Mavzuga oid