Jahon | 09:10 / 19.12.2016
4933
1 daqiqa o‘qiladi
Livanda yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi
Livan respublikasi prezidenti Mishel Aun 18 dekabr kuni 30 nafar vazirdan iborat yangi hukumat tarkibini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Livanning Vazirlar mahkamasiga «Al-Mustakbal» harakati yetakchisi sunniy siyosatchi Saad Xaririy rahbarlik qiladi.
Livan aloqa vazirligiga Milham Rayyashiy tayinlangan bo‘lsa, Yaqub Sarraf mudofaa vaziri bo‘lgan. Suv zaxiralari va energetika vaziri sifatida Sesar Abu Xalil tayinlangan.
Tashqi ishlar vaziri Jibran Basil, IIV rahbari Nuxad Mashnuk, Ali Xasan Xalil moliya vazirligidagi o‘z lavozimlarini saqlab qolgan.
Mavzuga oid
11:33 / 03.12.2024
Livan va Isroil bir-birini sulhni buzganlikda aybladi
15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar
16:42 / 01.12.2024
Livandagi sulh: «Hizbulloh» chegaradan uzoqlashishi kerak, ammo keyin nima bo‘ladi?
19:07 / 28.11.2024