Pokiston aviakompaniyasi xodimlari uchish yo‘lagida echkini qurbon qilishdi
Pokistonning Pakistan International Airlines aviakompaniyasi xodimlari samolyot parvozi arafasida echkini qurbonlik qilishdi, deb xabar qilmoqda Express Tribune nashri.
Voqea 18 dekabr kuni Islomobod xalqaro aeroportida, ATR turbovintli samolyoti Mo‘lton shahriga parvozni amalga oshirishga hozirlik ko‘rayotgan vaqtda Bu ATR samolyotlari uchun 12 dekabrdan beri ilk parvoz bo‘lgan. Aviakompaniya shu turdagi samolyotlar parvozini 7 dekabr kuni bortida 47 kishi bo‘lgan ATR 42-500 rusumli havo kemasi halokatga uchraganidan so‘ng, to‘xtatib qo‘ygan edi.
"Xodimlar, ATR samolyotlari parvozni qayta boshlaganiga shukronalik sifatida echkini qurbon qilishdi", — degan ishchilardan biri.
Qurbonlik qilish vaqtida olingan suratlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilarning e'tirozlariga sabab bo‘lgan.
Pakistan International Airlines rasmiy vakili Doniyol Jiloniyning so‘zlariga ko‘ra, bu aeroport xodimlarining shaxsiy tashabbusi bo‘lgan. Kompaniya rahbariyatining bunga aloqasi yuq.
Mavzuga oid
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
13:48 / 18.12.2024
Pokiston supermarketlarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotiladi
15:54 / 12.12.2024