10 kilometr balandlikdan qulab, omon qolgan mashhur styuardessa vafot etdi
Belgrad shahrida 66 yoshda afsonaviy styuardessa Vesna Vulovich vafot etdi. U 1972 yilgi McDonnell Douglas DC-9 samolyotining portlashidan so‘ng omon qolgan yagona inson sanaladi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bergan.
Havo layneri bortida 23 yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a'zosi, jumladan 22 yoshli Vesna Vulovich bo‘lgan. Ma'lumki, qizning o‘rniga boshqa bort kuzatuvchisi uchishi lozim bo‘lgan, biroq aviakompaniya xatosi bilan aynan Vesna bortda bo‘lgan.
Sobiq bort kuzatuvchisi rekord darajadagi balandlikdan parashyutsiz tushib, omon qolgan inson hisoblanardi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, ayol bir necha kun telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan, shundan so‘ng Vulovichning xavotirga tushgan do‘stlari politsiyaga murojaat qilishdi. Ayol yashagan kvartirada esa uning jasadi topildi.
Vulovichning o‘limiga nima sabab bo‘lgani noma'lum.
Mavzuga oid
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
20:54 / 25.12.2024
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
14:04 / 25.12.2024