Jamiyat | 21:52 / 25.12.2016
21353
2 daqiqa o‘qiladi

Anglashilmovchilik tufayli 31 yilga qamalib chiqqan mahbus kompensatsiya talab qilmoqda

Foto: Google image

Hayotining 31 yilini birovning sodir etgan jinoyati uchun panjara ortida o‘tkazgan Tennesi (AQSh) fuqarosi DNK-sinovi tasdiqlanmaganidan so‘ng ozodlikka chiqarildi. Shunisi qiziqki, aybsiz aybdorga atigi 75 dollar miqdoridagi kompensatsiya to‘landi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi. 

Lourens MakKinni 1977 yilda Tennesi shtati Memfis sudi binosida o‘zi yashaydigan hududdagi ayolga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda ayblanib, 115 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan. O‘shanda 22 yoshli MakKini o‘z xonadoni yaqinida ro‘y bergan jinoyatda ayblangandi. 

Qamoq devorlari orasida o‘tgan uch o‘n yillikdan keyin ayolning choyshabidagi DNK-tahlillar natijasi MakKinining bu jinoyatga aloqasi yo‘qligini isbotladi. Keyinchalik unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ayblovlar olib tashlandi va anglashilmovchilik natijasida hibsga olingan MakKini 2009 yilning 20 iyulida, 31 yillik qamoq jazosidan so‘ng ozodlikka chiqarildi. 

Unga atigi 75 dollar kompensatsiya to‘langan, bu hech narsaga yetmagan, chunki u hatto rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagandi. 

O‘shandan buyon MakKini rasman javobgarlikdan ozod qilinmagan, zero Kengash uning aybsizligi uchun dalillar yetarli emas, deb hisoblagan. 

MakKini Tennesi shtatidan real kompensatsiyaga ega bo‘lish uchun javobgarlikdan ozod qilishni talab qilmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda, u 1 million dollargacha miqdorda kompensatsiya olish huquqini qo‘lga kiritadi. 

"Anglashilmovchilik tufayli qamoq jazosiga hukm qilingan shaxsning kompensatsiya olmasligi adolatdan emas", - deydi MakKinining advokati Jyek Louri. 

 

Mavzuga oid