Jahon | 22:00 / 25.12.2016
8131
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil bosh vaziri BMT Xavfsizlik kengashiga a'zo davlatlar elchilarini chaqirtirdi

Foto: REUTERS

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tashqi ishlar vazirligiga BMT Xavfsizlik kengashiga kiruvchi davlatlar elchilarini Isroilning Falastin hududlarida turar joy qurish bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini qoralovchi rezolyutsiyaning qabul qilinishi sababli chaqirtirdi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.    

Gap Isroil diplomatik aloqlarni o‘rnatgan, BMT Xavfsizlik kengashiga a'zo 12 davlat elchilari haqida ketmoqda. Nashrning yozishicha, bunda Netanyaxu uchrashuv uchun katolik Rojdestvo nishonlanadigan kunni tanlagani hisobga olinmasa, hech qanday noodatiy holat bo‘lmasdi.   

Ko‘plab elchilar bu vaqtda ta'tilda bo‘ladilar va demak, Isroil tashqi ishlar vazirligiga ularning o‘rinbosarlari, ya'ni bir pog‘ona pastroq lavozimdagi shaxslar keladi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Netanyaxu vazirlar mahkamasining yig‘ilishida AQSh rahbariyati va Barak Obamani keskin tanqid qilgan. "Bizda aynan Obama ma'muriyati bu rezolyutsiyaga tashabbus bildirgani, uni ilgari surgani va nazorat qilganiga hech qanday shubha yo‘q", deb aytgan Isroil yetakchisi. 

 

Mavzuga oid