O‘zbekiston | 20:30 / 25.12.2016
57815
7 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, Anqara suiqasdi, Atambayevning tashrifi, Sochi fojiasi va boshqa asosiy voqealar

Yakunlangan hafta mobaynida O‘zbekiston va dunyoda bir qator muhim voqealar sodir bo‘lib o‘tdi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.

Joriy haftada ham O‘zbekiston hukumatida yangilanishlar davom ettirildi. Prezident yana 3ta viloyatga yangi hokim tayinladi, hukumatga yana bir necha sobiq amaldorlar qaytarildi.

Jahon sahnasida esa qonli kechgan 2016 yilda yana qon to‘kilishlari davom etdi. Xususan, Anqarada Rossiya elchisi otib o‘ldirilib, jahon hamjamiyatini karaxt avholga soldi, shuningdek, Berlinda fojiali terakt sodir etildi.

23 dekabr kuni Putinning an'anaviy matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Biroz oldinroq O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmayotgani haqida aytgan Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev 24 dekabrda Samarqandda bo‘ldi.

Bugun esa Rossiya Suriyadagi amaliyoti davomida navbatdagi qurbonlarini berdi. Lataqiyaga bortidagi 92 kishi bilan uchgan Tu-154 samolyoti Qora dengizda quladi va barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi.

Quyida shu va boshqa xabarlar yana bir bor eslab o‘tiladi.

O‘zbekistonda rahbar kadrlar almashinuvi

Islom Karimovning qo‘riqlash xizmati sobiq rahbari Davlat bojxona qo‘mitasiga rais bo‘ldi
Bahodir Matlubov rahbarlik lavozimiga qaytdi
Zokirjon Almatov korrupsiyaga qarshi kurashadi
179 kishiga O‘zbekiston fuqaroligi berildi
Jizzax viloyati hokimi almashtirildi
Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Navoiy viloyatiga yangi hokim tayinlandi
4 viloyat hokimi nega ishdan olindi?
“O‘ztransgaz”ga yangi rahbar tayinlandi
Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlarida Tashqi ishlar vazirligining konsullik bo‘limlari ochiladi

Anqaradagi qotillik

Anqarada Rossiya elchisini otib ketishdi
Rossiya elchisi shifoxonada jon berdi
Rossiya elchisini otgan qotil Halab haqida eslatgan
Anqaradagi qotillik. Voqea joyidan ilk video
Erdo‘g‘an Rossiya elchisi qotilligidan keyin Putinga qo‘ng‘iroq qildi
AQShning Anqaradagi elchixonasi yopib qo‘yildi
Putin elchining o‘ldirilishiga munosabat bildirdi
Rada deputati Rossiya elchisi qotilini qahramon deb atadi
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Anqarada Rossiya elchisi o‘ldirilishiga guvoh bo‘ldi
Erdo‘g‘an hech kimga Rossiya bilan munosabatlarni buzishga yo‘l qo‘ymasligini aytdi
Parallel spektakl - Anqaradagi qotillik haqida
Video: Marhum Karlovning onasi o‘g‘li tobuti ustida

Berlin fojiasi

Berlinda Nitstsa terakti takrorlandi
Berlindagi fojia: Bayramga chiqqan kishilar uyga qaytmadi
Berlinda yuk mashinasi odamlar ustiga qasddan haydab borilgani tasdiqlandi
Berlinda qo‘lga olingan shaxs terakt ijrochisi emasligini ma'lum bo‘ldi
Germaniya urush holatida - Politsiya
Germaniya hukumati Berlindagi terrorchi haqidagi ma'lumot uchun mukofot va'da qildi
Manba: Berlin terakti ijrochiligida gumon qilingan shaxs Milanda o‘ldirildi
Merkel Milanda otib tashlangan tunislik Berlindagi terakt ijrochisi bo‘lganini tasdiqladi

O‘zbekiston xabarlari

O‘zbekiston Rossiyaga qarshi Qrim masalasi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasi qabul qilinishiga "yo‘q" dedi
O‘zbekiston BMTning Suriyada insoniyatga qarshi jinoyatni surishtirishga oid rezolyutsiyasiga ovoz bermadi
Dushanbe-Toshkent aviareysi yo‘lovchilari vizalarni aeroportlarda olishi mumkin
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi obodonlashtirish ishlariga 900 mlrd so‘m ajratiladi
Bosh vazir virtual qabulxonasi prezident virtual qabulxonasiga aylantirildi
O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma korxonalar tuzadi
Toshkent va Olmaota aloqalari mustahkamlanadi
Toshkent-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Atambayev Samarqandda

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga amaliy tashrifi boshlandi
Almazbek Atambayev «Man Auto-Uzbekistan» zavodiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari Samarqandda muzokaralar o‘tkazishdi
O‘zbekiston Qirg‘izistondagi temiryo‘l qurilishida ishtirok etishga tayyor
Atamboyev: Biz qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarida yangi sahifa ochmoqdamiz
Shavkat Mirziyoyev: Biz nimaiki qilsak, aholimiz do‘stlashishi uchun qilishimiz kerak
Atamboyev Islom Karimovning dafn marosimiga kelmaganiga izoh berdi
Mirziyoyev dam olish kunlari qaysi avtomobildan foydalanadi?
Atamboyev: Biz odamlar chegaralarni his qilmasliklari uchun barchasini qilishimiz kerak
Atamboyev Shavkat Mirziyoyevni inisi deb bilishini aytdi
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek va qirg‘iz xalqlarida juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytdi
Shavkat Mirziyoyev hamda Almazbek Atamboyevning uchrashuvi: Fotojamlanma
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan hamkorlikka katta umid bog‘lamoqda

Putinning matbuot anjumani

Putin: Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq
Putin: Trampning g‘alabasiga bizdan boshqa hech kim ishonmagandi
Putin dunyodagi voqealarga ta'siri haqida
Putin Ukraina va Xitoy bilan munosabatlar haqida
Putin AQShdagi saylovlar vaqtida sodir etilgan kiberhujumlar haqida
Putin AQSh bilan munosabatlar va Trampning taklifi haqida
Putin Rossiya elchisining o‘ldirilishi ortida kimlar turgani haqida
Putin prezidentlik paytidagi eng katta xatosi haqida
Putin Stalin haqidagi savolga javob qaytarishni istamadi

Rossiyaning navbatdagi qurbonlari

Sochidan uchgan samolyot radarlardan yo‘qoldi
Manba: Sochidan chiqqanidan keyin yo‘qolgan samolyot Suriyaga uchayotgandi
Radarlardan yo‘qolgan Tu-154 bortida 91 kishi bo‘lgan
Sochidan uchgan Tu-154 Qora dengiz ustida qulab tushgan, omon qolganlar yo‘q
Tu-154 bortida «Pervyy kanal» va «Zvezda» kanali jurnalistlari va musiqachilar bo‘lgan
Tu-154 halokati bo‘yicha jinoiy ish ochildi
Aleksandrov ansambli Halabda konsert berishi rejalashtirilgandi
«Ortga omon qaytishimizga hech qachon ishonchimiz komil emas». Tu-154 bortida Doktor Liza ham bor edi
Tu-154 halokatga uchrashida terakt versiyasi istisno qilinmoqda
Tu-154 halokatga uchragan joyda olingan videotasvirlar tarqalmoqda
Putin 26 dekabrni Rossiyada motam kuni deb e'lon qildi

Mavzuga oid