Jahon | 21:28 / 26.12.2016
6796
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya prezidenti musulmon davlatlardan muhojirlarning joylashtirilishiga qarshi chiqmoqda

Foto: Michal Krumphanzl / CTK / Globallookpress.com

Chexiya prezidenti Milosh Zeman Chexiyada musulmon davlatlardan muhojirlarning joylashtirilishiga qarshi chiqmoqda. Zeman xalqqa an'anaviy Rojdestvo murojaatida mamlakatda islom jamoati shakllanishi holatida terrorchilik xavfi keskin kuchayishiga ishora qildi. 

"Bugun hech kim migratsiya to‘lqini va terrorchilik hujumlari o‘rtasida bog‘liqlik borligiga shubha qilmayapti. Qochqinlarning joylashtirilishi teraktlar uchun ta'minlovchi muhitni yaratishi mumkin", deb aytdi Zeman. 

Zeman G‘arbiy Yevropada yuz bergan yaqindagi teraktlar haqida eslab o‘tdi. Uning aytishicha, xalqaro terrorchilik xavfining kuchayishi yakunlanayotgan yilning asosiy tavsiflaridan biri bo‘ldi. Uning aytishicha, musulmon qochqinlar Chexiya jamiyatiga samarali qo‘shilib keta olmaydi.

"Aynan shuning uchun men yaqin ikki yil ichida bizning hududimizda ko‘ngillilik tamoyili asosida 6,2 ming qochqinning joylashtirilishi mumkinligiga qarshiman. Men qochqinlarga o‘z hududlarida yoki qo‘shni davlatlarda yordam berishimizga qarshimasan", deb aytgan Zeman.

 

Mavzuga oid