Jamiyat | 17:01 / 28.12.2016
10762
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik jurnalist bankomatdan «pora» so‘zi yozilgan pul yechib oldi

Foto: Ak Jayyk

Qozog‘istonning Atirau shahrida joylashgan savdo markazlaridan biridagi bankomat undan naqd pul yechib olishni rejalashtirgan mahalliy nashrlardan biri «Ak Jayik» jurnalistining qo‘liga «pora» so‘zi yozilgan 2000 tenge «tutqazdi». Undagi belgi kassir kupyurani haqiqiyligini tekshirayotgan vaqtda ko‘ringan. Chunki undagi harflar oddiy yorug‘likda ko‘rinmaydigan etib yozilgan edi.

Do‘konda bu kabi pullarni qabul qilishlarini aytishgan, ammo jurnalist boshqa pullarga savdo qilgan hamda ushbu kupyurani tahririyatga olib kelgan.
Qozog‘iston milliy bankining filialidan mazkur holat yuzasidan sharh so‘rashgan. U yerda bunga o‘xshash banknotalar pul muaomalasida bo‘lishi mumkin emasligini aytishgan.
Jurnalistning aytishicha, u bankomatdan pul yechib olganida telefoniga haqiqatan ham 2000 tenge pul yechib olingani to‘g‘risida SMS xabarnoma kelgan.

 

Mavzuga oid