Ukrainaliklar papuaslarga o‘xshatildi
Ukraina faqat xom ashyo eksport qiladi, biroq tayyor mahsulotni sotishdan ancha ko‘proq daromad olishi mumkin edi, deb aytdi "Batkivshina" fraksiyasi rahbari Yuliya Timoshenko NewsOne telekanaliga bergan intervyusida.
"Biz papuaslar kabimiz, faqat xom ashyo sotamiz, tushunyapsizmi? G‘alla, kungaboqar, makkajo‘xori, raps, bug‘doy sotamiz", deb aytdi Timoshenko va mamlakatda qishloq xo‘jaligi yerlarini sotish bilan bog‘liq vaziyatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi.
Avvalroq Timoshenko Kiyev eksportdan "bor-yo‘g‘i 18 mlrd dollar" olishini aytgandi. Uning aytishicha, Italiyadan o‘rnak olish kerak, bu yerda xom ashyo bilan emas, balki pitssa, pechene, spagetti kabi tayyor mahsulotlar bilan savdo qilinadi va bir gektar yerdan Ukrainadan ko‘ra 10 marta ko‘proq daromad olinadi.
Mavzuga oid
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
21:15 / 25.12.2024
Ukraina bo‘ylab bayram kechasi yopirilma zarbalar yo‘llandi
16:21 / 25.12.2024
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00 / 25.12.2024