Jahon | 08:49 / 29.12.2016
9868
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil BMT istagiga qarshi bordi

Faoliyati Sharqiy Qudusda ixtilofning kengaymasligiga qaratilgan, Isroilning "Ir Amim" notijorat tashkiloti Isroil hukumati Falastin hududida 4 qavatli uy qurishga ruxsat berganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil BMTning Falastin hududida uy qurish taqiqloviga qaramasdan, falastinliklar o‘z hududini kengaytirayotgan Silvan tumanida yahudiylar uchun uy qurishga ruxsat berdi.

"Isroil qurilish qo‘mitasi Sharqiy Quddusdagi eng mojaroli hududlardan birida qurilish loyihasini tasdiqladi", deb aytilgan Isroilning falastinliklarga o‘z davlatini qurishga to‘sqinlik qilishiga qarshi chiquvchi "Ir Amim" bayonotida. 

Tashkilot Isroilning bu qadamini AQSh davlat kotibi Jon Kerrining Isroilga kelishi bilan bog‘lamoqda. Kerri Isroil-Falastin munosabatlari masalalari borasida nutq so‘zlashi kerak.

 

Mavzuga oid