Sport | 08:00 / 30.12.2016
6452
1 daqiqa o‘qiladi

Karyakin shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha chempionatda Karlsen ustidan g‘alaba qozondi

Foto: RIA

Rossiyalik shaxmat ustasi Sergey Karyakin shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha chempionatning 5-turida norvegiyalik Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. Musobaqa Dohada boshlandi, deb xabar bermoqda "Sport-Ekspress" nashri.

Rossiyalik ketma-ket 5 marotaba g‘alabaga erishib, musobaqa yetakchisiga aylandi. Shaxmatchilar 30 dekabrda yana 10 ta partiya o‘tkazishlari kerak. 

Karyakin noyabrda Karlsen bilan klassik shaxmatlar bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun bellashgandi. Rossiyalik norvegga tay-breykda 3:1 hisobida yutqazgandi.

 

Mavzuga oid