Light | 18:28 / 31.12.2016
45547
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qo‘rqinchli joy nomi ma'lum bo‘ldi

Foto: AP

"Ko‘zdan uyquni qochiruvchi 18 dahshatli joy" ro‘yxati 9gag.com ko‘ngilochar sayti tomonidan taqdim etildi. Transilvaniyada joylashgan Xoyya-Bachu o‘rmoni (Ruminiya bermud uchburchagi deb ham ataladi) ro‘yxatda yetakchilik qildi. 

Ruminiya o‘rmoni butun dunyodagi internet foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi - 20 mingdan ziyod kishi unga "layk" qo‘ygan. Izsiz yo‘qoluvchi kishilar, o‘zga sayyoraliklar, shuningdek, ishdan chiquvchi elektronikaga oid ko‘plab afsonalar aynan shu joy nomi bilan bog‘liq. 

Shuningdek, Fransiyaning Oradur-syur-Glan qishlog‘i ham ro‘yxatdan joy oldi. Bu qishloq 1944 yilning iyunida 642 aholisi bilan qo‘shib natsistlar tomonidan yo‘q qilingan. Hozir u yerning o‘rnini vayronalar egallagan.

Irlandiyaning Lip qasri ham mazkur ro‘yxatga kiritildi. Uning egalari - O’Kerrollar dushmanalarini yarashishni bahona qilib, tushlikka taklif qilishgan va ularni o‘ldirishgan. Hech narsadan bexabar mehmonlar zal burchagidagi lyuk orqali zindonga tushgan. U yerda o‘tkir qoziqlar bo‘lib, tepadan tushgan mehmonlar omon qolmasligi aniq edi. Uni chetlab o‘tganlar esa qolgan jasadlar orasida o‘lishga mahkum bo‘lgan. 

Reytingdan shuningdek Hindistondagi Yantiga shahri ham o‘rin oldi. U yerda har yilning sentabr-oktabr oylarida yuzlab qushlar o‘z joniga qasd qiladi. Bundan tashqari, Xitoydagi tashlandiq Disneylend, Tsintsinnatida (AQSh) oxirgacha qurilmagan metro va Turkmanistondagi "Jahannam darvozalari" nomini olgan gaz krateri ham dunyoning eng qo‘rqinchli joylari sifatida qayd etildi. 


 

Mavzuga oid