O‘zbekiston | 02:28 / 31.12.2016
13404
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va yuborish yangi xizmati ishga tushdi

Foto: UzReport

Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va yuborish” yangi interaktiv xizmati yo‘lga qo‘yildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining 2014 yil 4 iyuldagi “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” 01-02/12-13-son qaroriga ko‘ra xizmat bepul ko‘rsatiladi. Yagona portal orqali elektron ariza yuborish jarayonida, hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Xizmat arizachilar murojaatlarining elektron navbat rejimi asosida taqdim etiladi.

Xizmat natijasi bo‘lib, arizachi tizimda avtomatik tarzda shakllantiriladigan identifikatsion kod bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining to‘ldirilgan shaklini qabul qilishi hisoblanadi.

Mavzuga oid