Sport | 20:55 / 03.01.2017
9175
2 daqiqa o‘qiladi

Grizmann jurnalistlardan bezor bo‘lgani haqida gapirdi

Jurnalistlar kelajagi borasidagi savollari bilan «Atletiko»ning fransiyalik yetakchisi Antuan Grizmanning joniga tekkan.

«Tushunmayman, nega hech kim Ronaldu, Messi yoki Beylga shunday savollar bilan murojaat qilishmaydi. Men «Atletiko»da baxtiyorman, bu yerda menga kerak barcha narsa muhayyo. Menga kelajagim borasida boshqa savol bermang», – deya AS muxbiridan so‘ragan Grizmann.

25 yoshli bu futbolchining kelgusida Yevropadagi boshqa grand klublardan biri safiga o‘tib ketishi haqida ko‘p yozilmoqda. O‘tgan haftada Antuanni qo‘lga kiritish «Manchester Yunayted»ning 2017 yildagi asosiy maqsadi bo‘lishi haqida xabarlar tarqatildi.

Ushbu futbolchi Ronaldu va Messi bilan birgalikda 2016 yil bo‘yicha FIFA tomonidan eng yaxshi futbolchi deb topilishga da'vogarlar qatorida turibdi. FIFA talqini bo‘yicha o‘tgan yilning eng yaxshi futbolchisi 9 yanvar kuni Tsyurixda taqdirlanadi.

«Manchester Yunayted» Ispaniyadan yana ikki yulduz futbolchi olib kelmoqchi

Mavzuga oid