O‘zbekiston | 14:50 / 04.01.2017
85514
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston IIVning yangi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar bo‘lgan Abdusalom Azizovga birinchi o‘rinbosar tayinlangan.

Vazirlik saytida ma'lum qilinishicha, shu vaqtgacha Prezident davlat maslahatchisi sifatida ishlab kelgan Nazarmuhammedov Davron Obidovich endi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Vazirning boshqa o‘rinbosarlari sifatida Nurmatov Sayfullo Ochilovich, Shodiyev Abdukarim Abdurahmonovich, Nishonbayev Saidkarim Abduhokimovich va Mirzayev Alisher Shoyimovich nomlari keltirilgan. O‘rinbosarlardan biri o‘rni bo‘sh turibdi. Tursunov Yorqin Ergashevich o‘rniga yangi o‘rinbosar hozircha tayinlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni 2013 yildan buyon O‘zbekiston IIVni boshqarib kelgan Adhamjon Ahmadboyev o‘z lavozimini tark etib, huquq-tartibot organlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi lavozimiga o‘tkazilgani haqida xabar qilingandi.

Mavzuga oid