Jahon | 23:14 / 05.01.2017
15399
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Usoma bin Lodinning o‘g‘liga qarshi sanksiya kiritdi

Foto: U.S. State Department

AQSh Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin va "Arabiston yarimorolidagi "Al-Qoida" yetakchisi" Ibrohim al-Bannaga qarshi sanksiya kiritdi, deb ma'lum qildi AQSh Davlat departamenti. 

Ma'lum qilinishicha,  Hamza bin Lodin "AQSh milliy xavfsizligi va fuqarolariga jiddiy xatar bildiruvchi" faoliyati sababli sanktsion ro‘yxatga kiritilgan. U 2015 yil avgustdan rasman "Al-Qoida" safiga kirgan bo‘lib,  g‘arb davlatlari poytaxtlariga hujumlar qilishga, jumladan AQSh va amerikaliklardan o‘ch olishga chaqiradi.

Sanktsion ro‘yxatga "Al-Qoida"ning Arabiston yarimorolidagi yetakchilaridan biri Ibrohim al-Banna ham kiritildi. AQSh ma'lumotlariga ko‘ra, u terrorchilik guruhi uchun "jangarilarni tayyorlashda va ma'lumot to‘plashda ko‘p marotaba ishtirok etgan". AQSh avvalroq al-Bannaning tutilishiga ko‘mak berganlik uchun 5 mln dollar miqdorida mukofot puli va'da qilgandi.

AQSh moliya vazirligi qarori bilan yuqoridagi shaxslarning AQSh hududidagi barcha mol-mulki va moliyaviy aktivlari muzlatib qo‘yiladi, AQSh fuqarolariga ular bilan ish olib borish taqiqlanadi.

 

Mavzuga oid