Qirg‘izistonda iqtisod va moliya sohasida yangi rahbarlar tayinlandi
Qirg‘iziston hukumati huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati raisi etib Zamirbek Osmonov tayinlandi. Bu haqda vazirlar mahkamasining axborot siyosati bo‘limi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Osmonovning ushbu lavozimga tayinlanishi haqidagi tegishli farmoyishni mamlakat bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov imzolagan.
"Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati raisi respublikaning iqtisodiy xavfsizligi va iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish ahvoli uchun shaxsiy javobgarlikka ega bo‘ladi", deb aytgan Jeenbekov Osmonovni tanishtirish vaqtida.
Osmonov bundan avval Qirg‘iziston Davlat soliq qo‘mitasiga rahbarlik qilgan.
Shuningdek, Qirg‘izistonning moliya razvedkasi davlat xizmati rahbari etib Oybek Kadiraliyev tayinlandi.
Aynan Kadiraliyev avval Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmatiga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024