Jahon | 08:25 / 11.01.2017
7495
1 daqiqa o‘qiladi

Pan Gi Munning ukasi va qarindoshi poraxo‘rlikda ayblanmoqda

AQSh hukumati BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Munning ukasi va qarindoshiga poraxo‘rlik bo‘yicha ayblov e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu ish Vetnamda 800 mln dollarlik binolar majmuasini sotishga urinish bilan bog‘liq. Ayblov Pan Gi Munning qarindoshi, Nyu-Yorkda ko‘chmas mulk sotish bo‘yicha agent bo‘lib ishlaydigan Chu Xyon Panga hamda Pan Gi Munning ukasi, Janubiy Koreyaning Keangnam Enterprises Co Ltd qurilish kompaniyasida katta maslahatchi hisoblanuvchi Pan Gi Sanga qo‘yildi.

Manxetten sudi xulosasiga ko‘ra, ular Yaqin Sharq mamlakatlari rasmiy vakillarini sotib olish maqsadida til biriktirishda ayblanmoqdalar. 

Mavzuga oid