Sindzo Abe Filippin prezidentining uyida nonushta qildi
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 12 yanvar kuni Filippinga tashrif buyurdi. Abe Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening oddiy uyida no‘xat sho‘rva va guruch unidan tayyorlangan patirchalarni tanovul qilib, nonushta qildi. Bu haqida Gulf News nashrida xabar berildi.
Dutertening aynan oddiy hayot tarzi millionlab filippinliklarning unga ovoz berishiga turtki bo‘lgan.
Yaponiyaning G‘arbdagi ittifoqdoshlari Filippinning yangi rahbari bilan qanday kurashish mumkinligi ustida bosh qotirayotgan bir vaqtda Abe Duterte bilan iliq munosabat o‘rnata oldi.
U Duterte prezident bo‘lib saylangandan keyin Filippinga tashrif buyurgan birinchi xorijiy yetakchi hisoblanadi. Abe payshanba kuni dunyodagi eng tez o‘sib kelayotgan iqtisodiyotning zaiflashib borayotgan infratuzilmasini takomillashtirish uchun Filippinga 1 trillion iyen (8,77 milliard dollar) investitsiya paketini yordam tariqasida taqdim etdi.
Juma kuni yetakchilar oddiy kiyinib, biznesni muhokama qilmaslikka qaror qilishdi, OAVda ularning asosan mahalliy taomlar bilan nonushta qilayotgan suratlari tarqaldi. Dutertening bosh yordamchisi Kristofer "Bong" Go o‘zining Facebook'dagi tarmog‘ida ushbu suratlar bilan bo‘lishdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Abe prezidentning turmush tarzi bilan yaqindan tanishtirilgan. Shuningdek unga "Sakura" nomli filippin burgutini sovg‘a qilishgan. Burgut ovchilar tomonidan yaralangandan so‘ng mahalliy reabilitatsion markazlardan birida davolanayotgani uchun janob Abe uni shaxsan ko‘ra olmadi, biroq ramziy ma'noda unga topshirilgan burgut o‘yinchoqni qabul qildi, unda "Sakura janob Sindzo Abe tomonidan qabul qilindi", deb yozilgan edi.
Mavzuga oid
16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi
18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi
20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi
20:50 / 14.11.2024