Jamiyat | 09:56 / 14.01.2017
11400
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 18 yil avval o‘g‘irlab ketilgan qiz topildi

AQShning Janubiy Karolina shtati politsiyachilari oxirgi 20 yil ichidagi eng shov-shuvli ishlardan birini fosh qilishdi. Gap shundaki, Jeksonvill shahrida 18 yil avval tug‘ruqxonadan o‘g‘irlab ketilgan Kamiya Mobli tirik holda topildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, u shu yillar davomida o‘zini o‘g‘irlab ketgan ayol bilan birga yashab, uni onasi deb hisoblagan. Qizni o‘g‘irlab ketgan 51 yoshli Gloriya Uilyams qiz uchun soxta hujjatlar topa olgan, biroq soxta hujjatlarda qizning tug‘ilgan kuni aslicha qoldirilgan. Aynan shu holat politsiyalarni ular oldida "o‘g‘irlab ketilgan qiz" turgani haqidagi taxminga olib kelgan.

DNK-sinov politsiyachilar taxmini to‘g‘ri ekanligini tasdiqlagandan keyin, Uilyamsga qizni o‘g‘irlash bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Qizning o‘zi esa hozircha haqiqiy oilasiga qaytishga shoshmayapti. Bundan tashqari, AQSh qonunchiligiga ko‘ra qizning o‘z oilasi bilan birlashishi ikki tomonning roziligi bilangina amalga oshishi mumkin.

Mavzuga oid