Jahon | 18:13 / 14.01.2017
5457
2 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi Falastin yetakchisi bilan uchrashdi

foto: Reuters

Rim papasi Frantsisk shanba kuni ertalab Falastin yetakchisi Mahmud Abbosni qabul qildi.

Corriere della Sera gazetasining xabar berishicha, pontifik va Falastin milliy ma'muriyati raisining suhbati 23 daqiqa davom etgan. Tomonlar uchrashuv avvalida bir-birlariga sovg‘a ulashishgan.

Rim papasi Frantsisk va Abbos Falastinning Vatikandagi elchixonasi ochilishini muhokama qilishdi. Uning rasmiy ochilish marosimida Mahmud Abbos ham ishtirok etadi.

"Bu papa falastinliklar va tinchlikni yaxshi ko‘rishidan dalolat", - degan Abbos uchrashuvdan so‘ng.

Falastin milliy ma'muriyatining Vatikandagi elchixonasi 2015 yilning iyunida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida imzolangan kelishuv sabab ochilmoqda.

Vatikan va Falastin ozodlik tashkiloti tomonidan rasmiy munosabatlar 1994 yilning 26 dekabr kuni o‘rnatilgan. Shundan so‘ng o‘zaro kelishuv matni ustida ish boshlagan ikki tomonlama komissiya tuzildi. “Asos kelishuvi” nomi ostidagi bitim 2000 yilning 15 fevral kuni imzolangan. Shu bilan bir qatorda, tomonlar kelajakda o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuv imzolanishi uchun hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi. Biroq bu Rim papasi Benedikt XVI’ning muqaddas yerlarga 2010 yilda uyushtirgan ziyoratidan so‘ng ro‘y bergan. 

Mavzuga oid