Jamiyat | 14:18 / 15.01.2017
11406
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda kazino bilan shug‘ullangan mafiyaning 44 nafar a'zosiga hukm o‘qildi

Xitoyning Guansi-Chjuansk muxtor hududidagi Daxua-Yaosk muxtor uyezdida joylashgan Xechi shahri sudi mafiya tashkilotining 44 nafar a'zosini kazino tashkil qilganlik va boshqa jinoyatlar uchun turli muddatlarga qamash haqida hukm chiqardi.

«Sinxua» agentligi xabariga ko‘ra, 2010 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddat davomida guruh a'zolari Ichjou shahrida bir qator zo‘ravonlik jinoyatlari sodir etishgan. Hukm qilinganlar shuningdek, tovlamachilik, mahalliy korxonalar egalariga tahdid va shantajlar qilish kabi jinoyatlar bilan shug‘ullangani aniqlangan. Mafiyaning daromadi oyiga o‘rtacha 500 ming yuanni (73 ming dollar) tashkil qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, jinoiy guruh rahbarlari 25 yil va 22 yil muddatga qamaldi. Bundan tashqari ularning mol-mulki musodara etilgan.

Tashkilotning yana 42 a'zosiga 10 oydan 20 yilgacha bo‘lgan qamoq jazolari berilgan.

Mavzuga oid