Sport | 12:36 / 15.01.2017
6393
2 daqiqa o‘qiladi

Mxitaryan o‘z vaqtida APLning boshqa bir jamoasiga o‘tmoqchi bo‘lganini tan oldi

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan tan oldiki, u bir necha yillar muqaddam «Shaxtyor»dan «Liverpul»ga o‘tmoqchi bo‘lgan, ammo o‘shanda Yurgen Klopp uni «Borussiya»ga kelishga ko‘ndirgan. 

«Men telefon orqali Brendon Rodjyers bilan bir necha marta gaplashgandim, u menga „Liverpul“ga kelib Luis Suares va Stiven Jyerrard bilan o‘ynashim mumkinligini aytgandi. Men o‘shanda Angliyaga o‘tishga tayyor edim, ammo UPLdan darhol APLga o‘tish xato qaror bo‘lishi mumkinligi haqida ham o‘ylab qoldim. 

2 hafta o‘tib Klopp ta'tilini to‘xtatib, Daniyadan qaytdi va meni Dortmundda uchrashishga taklif qildi. Men uning murabbiylik salohiyati haqida yetarlicha tasavvurga ega edim va uning „Borussiya“ga o‘tish taklifini osonlik bilan qabul qildim. Men hozir o‘shanda xato qaror qabul qilganman deb o‘ylamayman», — deya Mxitaryanning so‘zlarini keltirgan Daily Mail.

Mavzuga oid