Sport | 18:26 / 15.01.2017
22880
1 daqiqa o‘qiladi

Video: O‘yin boshlanishiga 1 soat qolganida yangi klubga o‘tgan futbolchi o‘yin qahramoniga aylandi

Angliya yoshlar terma jamoasi va «Everton» klubi himoyachisi Kallum Konnolli 14 yanvar kuni ijara asosida chempionship vakili «Uigan» safiga o‘tdi. Uning transferi haqida «Uigan»ning navbatdagi tur o‘yini boshlanishiga bir soat vaqt qolganida e'lon qilindi.

Bu futbolchi bekorga chaqirilmagandi va u darhol boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. «Uigan»ni «Berton»ga qarshi o‘ta og‘ir safar uchrashuvi kutib turgandi. Ikki jamoa ham ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda.

Transferdan 2 soat o‘tiboq bu futbolchi «Uigan» muxlislari qahramoniga aylandi – u ikkita gol urib, jamoaga o‘ta muhim g‘alaba olib keldi. 

O‘yindan keyin jamoa muxlislari unga atab bir nechta qo‘shiq kuyladi.

Mavzuga oid