Iqtisodiyot | 17:51 / 17.01.2017
7584
1 daqiqa o‘qiladi

BP yetakchisi neft narxining yaqin ikki yilga doir istiqbolini taxmin qildi

Buyuk Britaniyaning BP neftgaz kompaniyasi rahbari Robert Dadli jahon neft bozoridagi yaqin istiqbollarga oid fikrini bayon qildi. Uning aytishicha, 2017-2018 yillarda jahon neft narxi bir barreliga 55–60 dollar atrofida bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

«Menimcha, bu yil va kelasi yilda neft narxi barreliga 55–60 dollar atrofida bo‘ladi», — degan Dadli.

Mart oyi uchun bugungi fyuchers savdolarida Brent navli neftning bir barreli 1,22 foizga qimmatlashib, 56,54 dollarga baholangan. WTI navli neftning bir barreli fevral oyi fyuchersi uchun 1,39 foizga qimmatlashgan va 53,10 dollardan sotilgan. 

Mavzuga oid