O‘zbekiston | 18:54 / 17.01.2017
17028
4 daqiqa o‘qiladi

Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari korxonalarida davra suhbatlari o‘tkazildi

Mamlakatimizda yoshlarga oid amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy maqsadi ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni shakllantirish, foydali kasb-hunarga yo‘naltirish va ish bilan ta'minlashdir.

Shu maqsadda, O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh yuriskonsulti, Yoshlar kengashi raisi Sh.Xamraqulov, Respublika Kengashining hudud bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Sh.Bo‘tayev hamda Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari Birlashmasi Yuridik bo‘limi mudiri X.Usmanovlar hamkorligida Andijon viloyati tarmoq tizimidagi “Uz SemYung” Ko, “Uz Koram Ko” MChJ, “Uz Dong Yang Ko” qo‘shma korxonalari aksiyadorlik jamiyatida ishlayotgan yosh xodimlar ishtirokida “Mehnat sohasidagi ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslari: mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish, yoshlar uchun mehnat qonuchiligidagi kafolat va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazldi.

Tadbir qiziqarli va interaktiv usulda o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan mehnat munosabatlariga oid qonun hujjatlarida yoshlarga berilgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi imtiyozlar bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar taqdim etildi. Munozaraga boy tarzda o‘tkazilgan ushbu tadbirda korxonalarda ishlovchi 300 nafardan ortiq yosh xodimlar ishtirok etdi.

O‘tkazilgan davra suhbatlari jarayonida ishtirokchilar tomonidan mehnatga oid munosabatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga amaldagi qonun talablari asosida javoblar berildi.

Jumladan, Mehnat qonunchiligida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishning umumiy belgilangan tartibidan farqlanuvchi o‘ziga xos xususiyatlariga to‘xtalib, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, ular mehnatini muhofaza qilish to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik hamda ularni yoshiga qarab toifalarga bo‘linishi aytib o‘tildi.

Bunda o‘n besh yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan va o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zR MKning 242-moddasida belgilanganidek, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanganligi, mehnat qonunchiligida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, imtiyozlar ham sanab o‘tildi. 

Unda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan shu toifa xodimlarining sog‘lig‘i, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti noqulay ishlarda, yer osti ishlarida va boshqa ishlarda foydalanish taqiqlanishi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar bilan pul yoki tovar boyliklariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarga qabul qilishni ta'qiqlamagan holda, ular bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilganligi tushuntirildi.

Mavzuga oid