Jahon | 09:04 / 20.01.2017
9745
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York meri va jahon kinosi yulduzlari Trampga qarshi norozilik aksiyasida ishtirok etishdi

Nyu-York meri Bill De Blazio, shuningdek, jahon kino va musiqa san'ati yulduzlari – Sher, Alek Bolduin, Robert De Niro, Mark Ruffalo AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi norozilik namoyishiga chiqishdi. 

Xabar qilinishicha, Trump Tower osmono‘par binosi yonida o‘tkazilgan norozilik aksiyasiga minglab ishtirokchilar yig‘ilgan.

Saylangan prezidentga salbiy munosabati bilan mashhur bo‘lgan taniqli aktyor Alek Bolduin Trampni taqlid qilgan.

— Men sovuq havoda buncha uzoq vaqt turish qiyinligini aytmoqchiman. Men bir joyga borishni xohlamoqdaman, ammo chidayapman, — dedi u. Aktyor “keyinchalik Rossiya konsulligiga” borishini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Jahon kinosi yulduzi Robert De Niro esa o‘z chiqishida Trampni AQSh va Nyu-York uchun yomon shaxs deb bilishini ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Trampning AQSh prezidenti vazifasiga tantanali kirishish marosimi bugun, 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid