Jahon | 19:15 / 26.01.2017
6501
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkek yaqinidagi aviafalokatda qurbon bo‘lganlar soni 43 kishiga yetdi

Foto: Sputnik

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek yaqinidagi Turkiyaga qarashli Boeing 747-400 samolyoti halokatida qurbon bo‘lganlar soni 43 kishiga yetdi, deyiladi Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi saytida.

Turkiya aviakompaniyasining Boeing 747-400 yuk samolyoti Bishkekdagi “Manas” xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish qismidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushdi. Buning oqibatida 32ta uy vayron bo‘ldi. Layner Hongkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.  

“Voqea joyi Manas aeroporti hududida, Bishkek, Qirg‘iziston Respublikasi... Halok bo‘lganlar: 43. Havo kemasi yaroqsiz holga kelgan”, - deyiladi havo transportidagi aviatsiya hodisalarini tekshiruvdan o‘tkazish bo‘limida.

Mavzuga oid