O‘zbekiston | 17:25 / 27.01.2017
20283
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 70 yoshda

Atoqli adibimiz Anvar Obidjon o‘zining muborak 70 yilligini keng jamoatchilik ishtirokida turli adabiy kechalarda qarshi oldi.

27 yanvar kuni “Dono Nashriyoti” muassisligida chop etiladigan bolalar jurnallari - “Bilimdon”, “Dono Word”, “Znayka”, “Excellent” bilan tahririyat kengashi a'zosi sifatida uzoq yillar davomida samarali hamkorlik qilib kelayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mazkur nashriyot tomonidan ham ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz'ga nashriyot vakillari xabar berdi.

Anjumanda “Dono Nashriyoti” tahririyat kengashi a'zolari O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva, shuningdek, poytaxtimizdagi 90-umumta'lim maktabining o‘quvchilari, pedagogik jamoasi ishtirok etishdi. Ijodiy uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Unda shoir o‘zining hayoti va ijodi bilan bog‘liq yorqin xotiralar hamda bolalik yillarini ham yodga oldi. 

Tadbirda Anvar Obidjonga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Mavzuga oid