PayPal asoschisi "oxir zamon yuz berishi holatiga" Yangi Zelandiya fuqaroligini oldi
Amerikalik milliarder, Facebook kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Piter Til Kremniy vodiysida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning "Amerikani yana buyuk qilish" rejasining yagona tarafdori bo‘lsada, biroq Trampning ishlari rejadagidek ketmasa, Tilda "B rejasi" tayyor.
Germaniyada tug‘ilgan va bolaligida AQSh fuqarosiga aylangan Til 2011 yil martida Yangi Zelandiya fuqaroligini olgan. Bu haqda The New Zealand Herald nashri xabar bermoqda.
Tilning ikkinchi fuqaroligi borligini u tomondan Vanaka ko‘lida 10 mln dollarlik ko‘chmas mulk obekti sotib olingani tafsilotlarini o‘rgangan jurnalistlar aniqlashdi.
Tilning matbuot xizmati bunga izoh berishdan bosh tortdi. Nashrning ma'lum qilishicha, Yangi Zelandiya ichki ishlar vaziri Natan Gay boshqa amaldorlar tavsiyasiga ko‘ra Tilga fuqarolik bergan.
Mavzuga oid
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi
23:51 / 26.11.2024
Yangi Zelandiyada sohilga chiqib qolgan 30 dan ortiq qora delfin qutqarildi
00:15 / 23.11.2024