Tramp AQShning muhim xalqaro kelishuvdan chiqishi haqidagi farmonni imzolamoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning iqlimni saqlash bo‘yicha xalqaro kelishuvdan chiqishi haqidagi farmonni imzolamoqchi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Mayron Ebell ma'lum qilgan.
Muxbirning bu qachon yuz berishi haqidagi savoliga Ebell "bundan umuman bexabarligini" aytgan. Uning aytishicha, Tramp "buni ertagayoq amalga oshirishi mumkin".
Tramp saylovoldi poygasi doirasida Iqlimning o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytgan. Uning fikricha, AQShning ekologiya sohasidagi qadamlari mamlakatning energetika sohasiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Tramp prezident etib saylansa, energetikachilarga ko‘mir qazib olish, slanetsli neft kabi sohalarda ish o‘rinlarini qaytarishga va'da bergandi.