AQSh senatori Melaniya Trampning immigratsiya hujjatlarini oshkor qilishga chaqirdi
Kaliforniya shtati senati a'zosi Nensi Skinner (Nancy Skinner) Oq uy AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampga tegishli immigratsiya hujjatlarini ko‘rsatishni talab qildi. Bu haqda The Independent nashri yozmoqda.
Siyosatchining bayonoti yangi davlat rahbarining immigratsiya choralarini kuchaytirishiga nisbatan o‘ziga xos javobdir, deb qayd etadi Politico nashri.
«Tramp atrofidagilarning hech biri prezident rafiqasining qonuniyligini tasdiqlovchi yoki umuman shunday hujjati mavjudligini isbotlovchi biror dalil taqdim etmagan», — deya ta'kidlagan senator.
Skinnerning yodga olishicha, o‘tgan yilning avgust oyida Tramp va'da berganidek, uning rafiqasi ushbu masala bo‘yicha prezidentlik sayloviga qadar maxsus matbuot anjumani o‘tkazishi kerak edi. Biroq, u tashkil etilmagan.
Oq uy ma'muriyati senator bayonotiga izoh bermadi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024