Fan-texnika | 21:49 / 01.02.2017
9459
2 daqiqa o‘qiladi

Google Rossiya fuqarosini sudga berdi

Rossiyalik spamer birgina harf tufayli hibsga olinishi mumkin. Gap shundaki, u ɢoogle.com domeniga egalik qiladi. Motherboard shu haqida xabar berdi. 

Vitaliy Popov «ɢ» bilan boshlanuvchi domenni qayd etgan,  «ɢ» – 0262 raqamiga ega Unicode kodi ramzi, shuningdek lotincha «G»ga vizual o‘xshash. Ko‘p foydalanuvchilar manzil satrida ɢoogle.com'ni google.com'dan ajrata olishmaydi - shunchaki bunga e'tibor berishmaydi.  

Korporatsiyada ta'kidlanishicha, rossiyalik foydalanuvchi ɢoogle.com domenidan spam yo‘llash bilan shug‘ullanadi, shuningdek ziyon yetkazuvchi dasturiy ta'minotni tarqatadi. Bunday zararli jo‘natmalarga kiruvchi foydalanuvchilar brauzerda ko‘plab oynalar ochilishiga duch kelishadi. Bu spamerga foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yig‘ib, me'daga teguvchi reklamalarni namoyish etish imkonini beradi. 

Spam tarqatish uchun ɢoogle.com'dan foydalanish holatlari Donald Trampning saylov oldi kampaniyasida kuzatilgan.  Analytics Edge kompaniyasi Google Analytics referal spamini aniqlagan. Jo‘natma mavzusi Vote for Trump ("Trampga ovoz ber") bo‘lgan, xabar manbai ɢoogle.com bo‘lib chiqdi. AQShda ovoz to‘plash nihoyasiga yetgan vaqtda ɢoogle.com saytida amerikaliklarga yo‘llangan tabrik paydo bo‘lgan. 

Shunday bo‘lsa-da, Popov o‘zining bahsli domenini Google'ga bermoqchi emas. U o‘zining haq ekanligiga ishonchi komil va Google qo‘ygan ayblov yolg‘on ekani hamda korporatsiya bilan sudlashishga tayyor ekanini aytgan. 

Mavzuga oid