8 - qahramonlik, jasurlik va shon-shuhrat degani. Lempardning muxlislar bilan xayrlashuv maktubi
Bugun Angliya milliy terma jamoasi, «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari sobiq futbolchisi Frenk Lempard futbolchilik faoliyatini yakunladi. U Instagramdagi sahifasi orqali futbol bilan xayrlashgan.
"Aql bovar qilmas 21 yil ortda qoldi. Bugun men futbolchilik faoliyatimni yakunlash uchun qulay fursat kelganini his qildim. Faoliyatimni Angliya yoki xorijda davom ettirish yo‘lida qator iliq takliflar oldim. Biroq o‘ylashimcha, 38 yosh - yangi hayotga kirib kelish uchun yaxshi lahza.
Shu vaqtga qadar qo‘lga kiritgan yutuqlarim bilan faxrlanaman. Angliya milliy terma jamoasida yuzdan ortiq o‘yin o‘tkazdim, faoliyatim davomida 300dan ziyod gol urdim.
Endi esa ko‘plab odamlarga minnatdorchilik bildirishim kerak. Tinimsiz mehnat qilishga, ishga sadoqat va professionalizmga o‘rgatgan ota-onamga rahmat! Ular yordamida men hamma mushkulotlarni bosib o‘tdim. Oilamdan umrbod roziman, ayolim Kristin, qizlarim Luna va Ayladan ham.
Shuningdek, do‘stlarimga va men bilan bir jamoa bo‘lgan barchaga minnatdorchilik izhor qilaman. Bu men bilan ishlagan hammaga — ajoyib hamkasblarga, murabbiylarga, klub xodimlariga taalluqli.
Men to‘p surgan klublarimni unutmayman. Birinchi navbatda 1996 yil debyut qilganim «Vest Hem»ni yodga olaman. Mana shunday yosh vaqtimda menga ishonch bildirganlari uchun ham rahmat. Oxirgi klublarim esa «Manchester Siti» va «Nyu-York siti». Ular sabab faoliyatimning so‘nggi yillaridan o‘zgacha zavq oldim.
Qalbimning eng katta qismidan esa albatta «Chelsi» joy egallaydi. Bu klub menga bir qator unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Men birgalikda erishgan muvaffaqiyatlarimizni hech qachon esdan chiqarmayman. 13 yil davomida menga yordam bergan va yelkama-yelka turgan hammaga birma-bir minnatdorchilik bildirishning imkoni yo‘q, biroq men ulardan bir umrga roziman. «Chelsi» muxlislari esa alohida olam, ular bizni juda ajoyib qo‘llay olishgandi.
Kelajakka qarab aytishim mumkinki, Angliya futbol assotsiatsiyasidan minnatdorman. Ular menga murabbiylik kurslarida o‘qishim uchun imkon yaratib berishdi. Men oldinda kutib turgan imkoniyatlarimdan bahra ola boshladim".
Faoliyatining katta qismini, 2001 yildan 2014 yilgacha «Chelsi» safida o‘tkazgan Lempard londonliklar jamoasi safida 626 uchrashuvda maydonga tushib, 208 gol urdi va 150 marta jamoadoshlarini golli uzatma bilan ta'minladi. U London jamoasi bilan Angliya chempionatida 3 marta, Angliya Kubogida 4 marta, Angliya ligasi kubogida va Angliya Superkubogida 2 martadan g‘olib bo‘lgan. U shuningdek, Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasida bir martadan zafar quchgan.
Mavzuga oid
10:38 / 09.12.2024
Yevropada kambeklar kuni. «Chelsi» himoyachisi raqibga gollar sovg‘a qildi va butsasini tashlab yubordi
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
14:31 / 02.11.2024