Sport | 19:53 / 03.02.2017
5681
2 daqiqa o‘qiladi

Devis kubogi. Denis Istominning g‘alabasidan keyin O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan hisobni tenglashtirdi

Tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogining Osiyo va Okeaniya mintaqasida O‘zbekiston terma jamoasi va Janubiy Koreya to‘qnashuvi boshlandi. Bugun, 3 fevral kuni ushbu qarama-qarshilik doirasida 2 uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lib kortga O‘zbekistonning ikkinchi raqamli raketkasi Sanjar Fayziyev chiqdi. U jahon tennis reytingida 367-o‘rindan joy olgan, uning raqibi Xyon Chon esa 73-o‘rinda edi. Bu bahsda koreyaliklar vakilining qo‘li baland keldi. 5 set davom etgan bahs natijasi quyidagicha bo‘ldi — 4:6, 4:6, 7:6, 6:4, 0:6.

Australian open—2017 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahonning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni sensatsion tarzda turnirdan chiqarib yuborgan, yakunda ATP reytingida 37 pog‘ona yuqorilab, 80-o‘rindan joy olgan, O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa o‘z raqibini yengib, O‘zbekiston termasiga 1 ochko taqdim etdi. Unga Li Dok Hi raqiblik qilgandi. Bahs natijasi quyidagicha ko‘rinish oldi: — 4:6, 6:2, 7:6, 6:4.

Devis kubogi
Osiyo va Okeaniya mintaqasi
3 fevral, juma

Janubiy Koreya — O‘zbekiston 1:1
Xyon Chon — Sanjar Fayziyev 6:4, 6:4, 6:7, 4:6, 6:0
Li Dok Hi  — Denis Istomin 6:4, 2:6, 6:7, 4:6

4 fevral kuni juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 5 fevral kuni o‘tkaziladigan yakkalik bahslari bilan Janubiy Koreya — O‘zbekiston o‘yinida g‘olib nomi aniqlanadi.

Mavzuga oid