Sport | 11:53 / 03.02.2017
36545
1 daqiqa o‘qiladi

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidentligiga qayta saylandi

Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining prezidentligiga qayta saylandi. Tashkilotning hisobot konferensiyasida uning yana 4 yil davomida shu lavozimda faoliyat olib borishi ma'lum qilindi.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Lola Karimova-Tillayevaga bu borada Ruslan Mustayev vitse-prezident sifatida yordam beradi.

Ma'lumot uchun, Lola Karimova-Tillyayeva rahbarligidagi O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi 2005 yilda tashkil etilgandi. Yangi gimnastika federatsiyasi ilgari mustaqil ravishda faoliyat yuritib kelgan 5 ta gimnastika federatsiyalarini birlashtirish natijasida tashkil topgan. U o‘z ichiga badiiy va sport gimnastikasi, trampolin, akrobatika va umumiy gimnastikani qamrab olgan.

Mavzuga oid