Jahon | 20:45 / 05.02.2017
14832
1 daqiqa o‘qiladi
Eronda belgiyalik professorga o‘lim hukmi chiqarildi
Eronda Bryusseldagi universitet vakili bo‘lgan tibbiyot o‘qituvchisi Ahmadrizo Jaloliyga nisbatan o‘lim hukmi e'lon qilindi. Bu haqda RTBF xabar tarqatdi.
«Gumanitar ish bilan shug‘ullangan ushbu olimga ommaviy e'lon qilinmasdan o‘lim hukmi chiqarilgan. Bu butun dunyo gumanitar huquqlari buzilishidir», — degan universitet rektori Karolina Pauels.
Jaloliy josuslikda ayblangan, u 2016 yilning aprelida hibs qilingandi, o‘shanda u Eronga qarindoshlarini ko‘rish uchun kelgandi. Uning hamkasblari ma'lum qilishicha, professor siyosatga aralashmagan, uning hibsga olinishiga u isroillik olimlar bilan kasb yuzasidan aloqa qilgani sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
13:57 / 13.07.2023
“Qachonki erkinlik bo‘lsa, o‘shanda olimlar davlatga yordam beroladi” - Amerikadagi o‘zbek professori
17:52 / 11.03.2023
“Eski kalish va ikki dona “perashki”- hayotimni o‘zgartirgan ikki voqea”: chekka bir qishloqdan chiqqan professor hikoyasi
17:37 / 21.10.2022
Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston davlat universiteti faxriy professori unvoni berildi
11:12 / 03.12.2021