Light | 21:44 / 05.02.2017
16633
4 daqiqa o‘qiladi

Forbes Tsukerberg, Mask, Geyts va boshqa milliarderlarning xushbichimlik sirlari bilan bo‘lishdi

Kremniy vodiysining doim band ishbilarmonlari sportning turli turlari bilan faol shug‘ullanishadi. Ulardan qaysi biri ko‘proq kilokaloriya sarflaydi? Forbes shu mavzuga murojaat qildi.

Sobiq moliyachi, Funding Circle P2P- platformasi asoschisi Sem Xojyes o‘zining Endurance Fitness sport zallari tarmog‘i uchun kredit jalb qilishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Bir vaqtning o‘zida ham shaxsiy kompaniya yaratib, ham mashqlar rejimiga amal qilish qiyinligini o‘z boshidan o‘tkazgan - hatto bu kompaniyalar 5 fitnes-klub va 2 saykl-studiyadan iborat bo‘lsa ham. Yaqinda o‘tkazilgan Funding Circle tadqiqotiga ko‘ra, ko‘pchilik ishbilarmonlar biznes bilan shug‘ullanish va bir vaqtning o‘zida jismoniy mashqlarni davom ettirishda qiyinchiliklarga duch kelishar ekan.

Tadqiqot yakunlariga ko‘ra:

  • kichik biznes egalarining 25 foizdan ko‘prog‘i ularning jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish uchun vaqtlari yo‘qligini aytishgan;
  • respondentlarning taxminan 45 foizi mashqlardan keyin o‘zlarini yengilroq his qilishadi, 60 foizi esa bunday mashqlardan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishini ta'kidlashgan;
  • to‘rt haftalik davr davomida faqat 12,97 foiz ishtirokchigina rejalashtirilgan jismoniy mashqlarini vaqtida bajargan;
  • So‘roq qilingan ishbilarmonlarning uchdan ikki qismi rejalashtirgan mashqlaridan bir nechasi yoki hammasini o‘tkazib yuborishgan.

"Fitnes-ilhom"ni saqlab qolish uchun Xojyes omadli ishbilarmonlarning qay tariqa xushbichimlikni saqlab turishlari, sportning qaysi turlari bilan shug‘ullanishlari va kuniga qancha kilokalloriya sarflashlari borasidagi ma'lumotlarni to‘playdi. Mazkur tadqiqot natijalari fotjamlanmada taqdim etiladi.

Mark Tsukerberg

Facebook bosh direktori haftada besh kun shaxsiy dasturi asosida mashq qiladi.

Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 1200 kkal.

Mark Kuban

Milliarder va investor haftada olti kun intensiv kardiomashqlar bilan shug‘ullanadi.

Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 500 kkal/haftasiga 3000 kkal.

Bill Geyts

Microsoft asoschisi va sobiq bosh direktori har kuni yugurish yo‘lakchasida shug‘ullanadi.

Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 2800 kkal.

Tim Kuk

Apple bosh direktori deyarli har kuni ertalab zalda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadi.

Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 2000 kkal.

Opra Uinfri

OWN: The Oprah Winfrey Network haftada olti marta kardiomashqlar bajaradi, jismoniy trening va meditatsiya bilan shug‘ullanadi.

Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 500 kkal/ haftasiga 3000 kkal.

Maykl Orbat

Citigroup bosh direktori va Harvard jamoasining sobiq futbol o‘yinchisi Spartacus tizimi bo‘yicha shug‘ullanadi.

Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 600 kkal/ haftasiga 4200 kkal.

Ilon Mask

PayPal, SpaceX, Tesla, Solarcity asoschisi haftada ikki marta turli kardiomashqlarni bajaradi.

Jismoniy mashqlar vaqtidagi energiya sarfi: kuniga 400 kkal/ haftasiga 800 kkal.

Mavzuga oid