Video: Konte «Arsenal» bilan o‘yin vaqtida yordamchisiga g‘azab bilan tashlanganiga izoh berdi
«Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya chempionatining 24-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida o‘z yordamchisi Anjyelo Alessioni kurtkasi yoqasida tortib zaxira o‘rindig‘idan turgizgani va unga baqirganiga izoh berdi.
«U hamisha mening qo‘l ostimda ishlagan! Raqib burchak zarbasini amalga oshiradigan bo‘ldi. Men zudlik bilan futbolchilarning pozitsiyasini o‘zgartirishim kerak edi, chunki bu vaqtda „Arsenal“ jarima maydonimizga birdaniga 6 nafar futbolchini jo‘natdi. Bu juda xavfli vaziyat edi.
Men avvaliga futbolchilarimga baqirib ko‘rsatmalarimni yetkazishga harakat qildim, ammo ular eshitishmadi. Shundan so‘ng gaplarimni yordamchim orqali yetkazishga qaror qildim. Ammo biz bunga ulgurmadik va gol o‘tkazishimizga bir baxya qoldi.
Anjyelo mening qanchalar hischan odam ekanimni juda yaxshi biladi, ayniqsa bunday o‘yinlar vaqtida. Muhimi nafaqat futbolchilar, murabbiylar shtabi a'zolari ham diqqatni bir joyda jamlashidir. Axir biz g‘alabalarga birga erishamiz, mag‘lubiyatlar alamini birga totamiz», — deya Kontening so‘zlarini keltirgan «Chelsi» rasmiy sayti.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi
12:23 / 15.12.2024
«Liverpul» ochko yo‘qotdi, «Real» uchta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024