Sport | 22:49 / 06.02.2017
6565
1 daqiqa o‘qiladi

Agent Grizmanning kelajagi haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmanning marketing ishlari bilan shug‘ullanuvchi agent Belenkontr o‘z mijozining «MYu»ga o‘tishi mantiqiy ekani haqida gapirdi.

«Men uning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi haqidagi xabarlarni o‘qir ekanman, men bu tijorat nuqtai nazaridan eng yaxshi ssenariy bo‘lishi haqida o‘ylayman.

Grizmann o‘zining bolalikdagi kumiri Devid Bekhem jamoasida o‘ynashi mumkin, u aynan Bekhem tufayli yettinchi raqamli futbolkada o‘ynaydi.

«PSJ» ham sport nuqtai nazaridan yaxshi variant, ammo Antuan hozirda yuqori darajaga chiqib ulgurgan», – degan agent So Foot uchun bergan intervyusida.

Bundan oldingi xabarlarda manchesterliklar ushbu futbolchining transferi uchun 100 million yevro sarflab, uning o‘ziga yiliga 17,7 million yevro miqdorida maosh tayinlashga tayyorligi aytilgandi.

Mavzuga oid