Sport | 16:14 / 08.02.2017
7952
2 daqiqa o‘qiladi

Aguero uchun talabgor jamoalar uzun navbat hosil qilmoqda

Italiyaning «Milan» klubi xitoylik investorlar qo‘liga o‘tgach, bir qator olamshumul transferlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda Corriere Dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, klub xitoyliklar qo‘liga o‘tgach, jamoa bosh murabbiyligiga Roberto Manchini olib kelinadi va u birinchi navbatda «Manchester Siti»dagi o‘yinlari orqali yaxshi tanish bo‘lgan Serxio Agueroni jamoaga kelish uchun ko‘ndiradi. 

Xabar qilinishicha, klub Aguerodan tashqari «Borussiya» hujumchisi Per-Emerik Obameyangni ortga qaytarmoqchi. O‘z vaqtida milanliklar safida to‘p surib, omadi kelmagan futbolchi Germaniyani tark etish haqida gapirgach, «Milan» unga xaridor bo‘lib chiqmoqda.

Xitoylik tadbirkorlar ikkala futbolchining har biriga 100 mln. yevro to‘lashga tayyor ekanini bildirishgan.

28 yoshli argentinalik futbolchi manchesterliklar jamoasi murabbiylar shtabi hamda muxlislar tanqidiga uchragan. Bundan tashqari, Gabriel Jyezusning omadli debyutidan keyin u asosiy tarkibdan tushib qoldi.

Shu vaqtgacha ushbu futbolchiga «Real», «Chelsi», «PSJ», «Barselona» va «Yuventus» kabi grand jamoalardan qiziqish mavjudligi xabar qilingandi.

«Manchester Siti» Agueroni sotadi

Aguero ketish taraddudida. U oktabrdayoq boshqa jamoa bilan muzokara boshlagan

Aguero uchun yana bir jiddiy da'vogar paydo bo‘ldi

Yevropa grandlari Aguero uchun raqobat boshladi: Ispaniyada yana bir da'vogar

Mavzuga oid