Jahon | 15:56 / 08.02.2017
5556
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Trump Tower xonalarini ijaraga olmoqchi

AQSh mudofaa vazirligi Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmono‘par binosidan xonalarni ijaraga olmoqchi. U yerda Amerika prezidentining oilasi istiqomat qiladi, deb yozmoqda Washington Post nashri.

Pentagon “Trump Tower’ning xonalarini ijaraga olish uchun tegishli “kanallar” orqali ishlamoqda...”, deb xabar bergan AQSh mudofaa vazirligi vakili Jyeyms Brindl nashrga.

Ma'lum bo‘lishicha, davlat tashkiloti prezident egalik qiluvchi binodan xonalarni ijaraga olish maqsadida pul to‘lashi Tramp moliyaviy manfaatlari va uning prezidentligi o‘rtasida turli muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, deb ta'kidlaydi nashr.

“Binoda joy xodimlar va uskunalarga kerak. Ular AQSh prezidentiga o‘z qarorgohida ko‘mak berish bilan shug‘ullanadi”, - deya ta'kidlab o‘tgan vazirlik vakili.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ular AQSh maxsus xizmatiga yaqin bo‘lmagan joyda joylashishadi. Oq uy prezidentning rasmiy qarorgohi bo‘lishiga qaramay, Nyu-Yorkdagi osmono‘par binoda Trampning oilasi, jumladan, rafiqasi Melanya va o‘g‘li Berron yashaydi.

CNN telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, ijaraga olish uchun bir yilda 1,5 million dollar atrofida mablag‘ sarflanishi mumkin.

Mavzuga oid