O‘zbekiston | 16:31 / 09.02.2017
19612
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qo‘ng‘irot tumanining sobiq hokimi, podpolkovnik Ziyavatdin Zaitov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — ijtimoiy va moliyaviy ta'minot xizmatining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «KRuz.uz» xabar bergan

2016 yilning sentabrida Aytbay Temirxanov vaqtincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri etib tayinlangandi

Ziyavatdin Zaitov 2016 yilning oktabriga qadar Qo‘ng‘irot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. Keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid