O‘zbekiston | 14:43 / 10.02.2017
35614
1 daqiqa o‘qiladi
IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Yig‘ilishda o‘z ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ramziddin G‘afforov egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi.
IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib kim tayinlangani hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
12:11 / 24.01.2023
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi
11:43 / 02.04.2021
IIV xorijiy jurnalistni yolg‘on ma'lumot tarqatishda aybladi
14:49 / 12.08.2017
IIVda birdaniga 22 ta yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi
15:05 / 02.05.2017