Sport | 21:05 / 10.02.2017
8796
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston nazorat uchrashuvida «Amkar»ni yengdi

O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Rossiya premer-ligasi vakili, Permning Amkar klubiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida o‘zbekistonliklar jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev hisobni ochdi.

O‘yinda shu gol yagonaligini saqlab qoldi.

Samvel Babayan qo‘li ostidagi terma jamoasi ushbu yig‘inga faqat O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi futbolchilar bilan yo‘l olgan.

Terma jamoa 11 fevral kuni Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur yig‘in FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar terma jamoaning Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlariga taklif etilmadi.

O‘tgan oyda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgandi. Amirliklarda Daniya olimpiya termasiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, Gruziya termasi bilan 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Armaniston futbol federatsiyasi ikki terma jamoalar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan uchrashuvni Turkiyadagi notinchliklar tufayli bekor qilgandi.

O‘rtoqlik o‘yini.
Antaliya, Turkiya.

O‘zbekiston MTJ - "Amkar" (Rossiya) 1:0.
Gol: Igor Sergeyev (20).

O‘zbekiston: Lobanov, Ashurmatov, Tuxtaxodjayev, Andreyev, Kutybayev, Axmedov, Xoshimov, Iskanderov, Shomurodov, Bikmayev, Sergeyev.
«Amkar»: Xomich, Konde, Zanev, Zaytsev, Gigolayev, Milkovich, Ogude, Komolov, Gol, Kostyukov, Bodul.

Mavzuga oid