Tramp va ajrashayotganligi haqida gapirgan ayol uchuvchi reysdan chetlashtirildi
AQShning Ostinida United Airlines aviakompaniyasining ayol uchuvchisi o‘z boshidan o‘tkazayotgan ajrim jarayoni va AQShdagi saylovlar yakuni haqidagi balandparvoz so‘zlari uchun reysdan olindi. Bu haqda NBC kanali xabar berdi.
Hodisa shanba kuni kechqurun ro‘y bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Ostindan San-Frantsiskoga yo‘l olishi rejalashtirilgan samolyotni boshqarishi kerak bo‘lgan ayol uchuvchi salonda oddiy kiyimda paydo bo‘lib, yo‘lovchilarga ichki aloqa tizimi orqali murojaat qilgan.
Ayolning ma'lum qilishicha, Klinton uchun ham, Tramp uchun ham “ular yolg‘onchilar to‘dasi” bo‘lgani uchun ovoz bermagan.
“Kechirasiz, men hozir ajrashmoqdaman”, - deya qo‘shimcha qilgan u.
Reys yo‘lovchilaridan biri Rendi Rays esa hodisaga Twitter’dagi sahifasida izoh bergan. “Men hozir yaxshi ahvolda emasman. United Airlines 455 reysining qo‘mondoni u yaxshi ruhiy holatda emasligini bildirdi va biz bundan juda ham qattiq tashvishlandik”, - deya yozdi u.
Yo‘lovchi shuningdek hodisa videosini ham taqdim etdi, biroq keyinchalik uni ko‘rish imkonini to‘sib qo‘ydi.
Ayni damda YouTube’da hodisa haqidagi boshqa rolik taqdim etilgan. Kadrlarda Rays samolyotni tark etishga urinayotgani tasvirlangan. Ayol avvaliga samolyotni erkak-uchuvchi boshqarishi haqida aytdi, keyin esa Rays unga erkak-uchuvchini xafa qilib qo‘ygani yuzasidan murojaat qilgan.
Raysdan so‘ng samolyotda bo‘lgan yo‘lovchilarning taxminan yarmi chiqib ketgan.
United Airlines kompaniyasi ayol uchuvchi almashtirilganini tasdiqladi. Reys taxminan bir yarim soatlik kechikish bilan parvoz qildi.
Rays va boshqa yo‘lovchilar asabi qattiq buzilgan ayolga yordam kerakligini alohida ta'kidlashdi.